24 May 2026 56

Taekvondochilarimiz Osiyo chempionatida 11 ta medalni qoʻlga kiritishdi

Moʻgʻuliston poytaxti Ulan-Bator shahrida taekvondo WT boʻyicha Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida sportchilarimiz 3 ta kumush medalga sazovor boʻlishdi.

Murosasiz bahslarda finalgacha yetib borgan Diyorbek Toʻxliboyev (-68 kg), Jasur Jaysunov (-80 kg) hamda Madina Mirabzalova (-57 kg) kumush medalga ega chiqishdi.

Shu tariqa, terma jamoamiz qit’a birinchiligida 2 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medallarimi jamgʻardi.

Text to speech