23 May 2026
56
Gimnastikachilarimiz Jahon chellenj kubogining bugungi bahslarida 5 ta medalni qoʻlga kiritishdi
Toshkent mezbonlik qilayotgan sport gimnastikasi boʻyicha Jahon chellenj kubogida dastlabki gʻoliblar aniqlandi. Unda oʻzbekistonlik sportchilar 1 ta oltin, 2 tadan kumush va bronza medallariga sazovor boʻlishdi.
🥇 Oltin medal:
Ahrorxon Temurxonov (halqa)
🥈 Kumush medal:
Humoyun Islomov (erkin mashq)
Mansur Rahmatov (sport otida mashq)
🥉 Bronza medal:
Ozotilla Abdurasulov (halqa)
Shaxribonu Yusufova (tayanib sakrash)