23 May 2026 42

“Rolan Garros”: Asosiy davraga qur’a tashlandi

Ertaga boshlanadigan “Rolan Garros” turnirining asosiy davra bahslariga qur’a tashlandi. Ma’lum qilganimizdek, unda hamyurtimiz Kamilla Rahimova (89) ishtirokini toʻgʻridan toʻgʻri ushbu bosqichdan boshlaydi.

Qur’aga koʻra, Rahimovaga ilk davrada jahon tasnif jadvalida 33-pogʻonani egallab turgan ruminiyalik Jaklin Kristian raqiblik qiladi. Ushbu bahs 25-may sanasiga belgilangan.

Afsuski, saralashning 3-bosqichida boshqa bir yurtdoshimiz Polina Kudermetova xitoylik Siyuy Vanga ikki setda 3:6 hisoblarida magʻlubiyatga uchradi.

Text to speech