21 May 2026
218
Taekvondochilarimiz Osiyo chempionatini 3 ta medal bilan boshlashdi
Bugun Moʻgʻuliston poytaxti Ulan-Bator shahrida taekvondo WT boʻyicha Osiyo chempionatining kyorugi yoʻnalishidagi bahslari start oldi. Dastlabki kun Oʻzbekiston terma jamoasi 1 tadan oltin, kumush va bronza medallariga sazovor boʻldi. Oltin medalni jamoamizga Olimpiada sovrindori Svetlana Osipova taqdim qildi.
🥇 Oltin medal:
+73 kg: Svetlana Osipova
🥈 Kumush medal:
+87 kg: Marat Mavlonov
🥉 Bronza medal:
-54 kg: Jahongir Xudoyberdiyev