21 May 2026 149

Uchkurash boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida gʻoliblar aniqlandi

Toshkentda ot sportining uchkurash yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi. Ot yoʻrttirish, konkur va kross ot choptirish dasturlarini oʻz ichiga olgan ushbu musobaqada yurtimizning sara chavandozlari gʻoliblik uchun kuch sinashishdi.

Bellashuvlar yakunida Jasur Xotambekov “Artur” laqabli otda eng uzoq masofalarni oʻz ichiga olgan yoʻnalishda (CCI2*-L ) gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, oʻrta va kichik masofalarda mos ravishda Maksim Dvoryanskiy (“Goodman G”, CCI1*-B) hamda Madina Abdurahmonova (“Jizel”, CCI1*-Intro) gʻalaba qozonishdi.

Text to speech