21 May 2026
121
"Rolan Garros": Tennischilarimiz saralash bosqichini muvaffaqiyatli boshlashdi
Tennis boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Mariya Timofeyeva hamda Polina Kudermetova Rolan Garros turnirining kvalifikatsiyasida ishtirok etishlari haqida maʼlum qilgan edik. Eʼtiborlisi, har ikki yurtdoshimiz ham musobaqaning dastlabki saralash bosqichida zafar quchishdi.
Mariya Timofeyeva – Breys Kedens (Kanada) 6:1. 6:3
Polina Kudermetova – Anouk Kovermans (Niderlandiya) 6:1, 7:6
Tennischilarimiz bugun 2-davrani quyidagi raqiblarga qarshi oʻtkazishadi:
Mariya Timofeyeva – Mariya Karle (Argentina)
Polina Kudermetova – Viktoriya Tomova (Bolgariya)