21 May 2026
120
"Rolan Garros": Kudermetovada gʻalaba, Timofeyeva imkoniyatni boy berdi
Tennischilarimiz “Rolan Garros” turnirining kvalifikatsiyasida ikkinchi bosqich bahslarini oʻtkazishdi. Mariya Timofeyeva 3 set davom etgan oʻyinda argentinalik raqibasiga imkoniyatni boy bergan boʻlsa, Polina Kudermetova bolgariyalik tennischidan ustun keldi.
Mariya Timofeyeva – Mariya Karle (Argentina) 6:2, 0:6, 4:6
Polina Kudermetova – Viktoriya Tomova (Bolgariya) 7:6, 6:7, 6:3
Bugun Kudermetova asosiy davraga yoʻl olish uchun kvalifikatsiyaning soʻnggi bosqichida xitoylik raqibi bilan bahs olib boradi.
Polina Kudermetova – Siyu Van (Xitoy)