20 May 2026 140

Samarqand shahridagi sport maktablarining faoliyati tahlil qilindi

Ishchi guruh aʼzolarining Samarqand shahriga tashrifi doirasidagi keyingi manzili yakkakurash turlariga ixtisoslashgan sport maktabi, “Lokomotiv” ogʻir atletika zali hamda shahardagi 2-sonli sport maktabi boʻldi.

Masʼullar ushbu sport maskanlarida mashgʻulotlarning tashkil etilish darajasi, shugʻullanuvchilar uchun yaratilgan tibbiy sharoitlar hamda binolarning texnik holatini yaqindan koʻzdan kechirdilar, sport kurashlari boʻyicha tashkil etilayotgan “Hokim Olimpiadasi” bahslarini kuzatishdi.

Shuningdek, muassasalarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, yosh sportchilarning mahalliy va xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik koʻrishi uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish masalalari alohida muhokama qilindi.

Uchrashuvlar davomida rasmiylar sport maktablarida tahsil olayotgan yoshlar va ularning murabbiylari bilan samimiy suhbatlashib, ularning kelgusidagi rejalari hamda takliflarini tingladilar.

Text to speech