20 May 2026
280
Samarqand shahrida ommaviy sport uchun yaratilgan sharoitlar oʻrganildi
Ishchi guruh oʻz tashrifi doirasida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda viloyat yengil atletika va oʻyin turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Jarayonda ushbu muassasalarda yoshlarning sport bilan muntazam shugʻullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar koʻzdan kechirildi.
Shuningdek, masʼullar shaharda oʻtkazilayotgan “Hokim olimpiadasi”, “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” hamda adaptiv sport turlari boʻyicha “5 tashabbus paralimpiadasi” musobaqalarini kuzatishdi.
Yakunda mutasaddilar yoshlar bilan uchrashib, ularning qiziqishlari va kelajakdagi rejalari xususida samimiy suhbat qurishdi.