29 Noyabr 2026 61

World Taekwondo Final Gran-prisida tarixiy natija qayd etildi

Ostona şahrida (Qozoğiston) taekvondo WT böyiça World Taekwondo Gran-prisining yakuniy bosqiçi öz nihoyasiga yetdi. Musobaqaning ikkinçi kunida oğir vaznli taekvondoçimiz Marat Mavlonov şohsupaga kötarildi.

Turnir davomida Marat koreyalik ikki karra Jahon çempioni Sanghyun Kang, turkiyalik Huseyin Beratdan ustun keldi. Yarim final bosqiçida Olimpiya öyinlari sovrindori va Jahon çempioni, Misr vakili Seyf Eyssaga imkoniyatni boy bergan Mavlonov bronza medali yölida eronlik Olimpiada ğolibi Arian Salimi ustidan ğalaba qozondi.

Bu taekvondoçilarimiz uçun tarixiy natijaga aylandi. Boisi, terma jamoamiz bungaça ötkazilgan yakuniy Gran-pri musobaqalarida ikkita medalga ega çiqmagan edi. Bundan taşqari, Madina Mirabzalova qölga kiritgan kumuş medal özbekistonlik ayol taekvondoçilar final Gran-prida sazovor bölgan dastlabki medalga aylandi.

Text to speech