27 Noyabr 2026
62
World Boxing Prezidenti Gennadiy Golovkin Toşkentga keldi
Ertaga Toşkentda boks böyiça World Boxing Jahon kubogining final bosqiçi start oladi. Bugun mazkur musobaqani kuzatib boriş uçun World Boxing Prezidenti, Qozoğiston Milliy Olimpiya qömitasi rahbari Gennadiy Golovkin poytaxtimizga yetib keldi.
Martabali mehmonni Milliy Olimpiya qömitasi va mamlakat boks federatsiyasi rahbariyati Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida kutib oldi.
Maʼlumot uçun, Jahon kubogining yakuniy bosqiçida 30 davlatdan 132 nafar boksçi iştirok etadi.