27 Noyabr 2026 94

David Lappartyan Olimpiya şaharçasi bilan tanişdi

Xalqaro velosipedçilar ittifoqi (UCI) prezidenti David Lappartyan mamlakatimizga taşrifi davomida Toşkent şahridagi Olimpiya şaharçasida böldi. UCI yetakçisini Sport vaziri Adham Ikramov qarşi oldi va şaharça faoliyati bilan yaqindan taniştirdi.

Taşrif çoğida xorijlik mutaxassislarga majmua hududida barpo etilgan zamonaviy sport inşootlari, ularning imkoniyatlari va xalqaro musobaqalarni ötkaziş uçun yaratilgan şaroitlar haqida maʼlumot berildi.

Ayniqsa, David Lappartyan Olimpiya şaharçasidagi velotrek majmuasiga alohida eʼtibor qaratdi. U yerdagi infratuzilma, trekning texnik imkoniyatlari, sportçilarning maşğulot olib borişi uçun yaratilgan şaroitlar bilan yaqindan tanişdi. Şuningdek, mazkur inşootning mamlakatimizda velosportni rivojlantiriş va xalqaro musobaqalarni qabul qilişdagi salohiyatiga eʼtibor qaratildi.

Text to speech