23 Noyabr 2026 16

Bekzod Qurbonov Yevropa ligasining Gran-pri dasturida ham ğalaba qozondi

Ostona şahrida (Qozoğiston) taşkil etilgan konkur böyiça “FEI Jumping World Cup Eurasian League Final” turnirining barça dasturlaridan söng eng asosiy yönaliş – 1.55 metr balandlikdan sakraş bahslari bölib ötdi. Gran-pri dasturi hisoblangan mazkur bellaşuvda Özbekiston terma jamoasi aʼzosi Bekzod Qurbonov oltin medalni qölga kiritdi.

Çavandozimiz mazkur muvaffaqiyatga “MATTS V.G.” laqabli tulporida erişdi. Taqdirlaş marosimida Xalqaro ot sporti federatsiyasi prezidenti Ingmar de Vos iştirok etdi va oltin medalni hamyurtimizga şaxsan özi topşirdi.

Text to speech