20 Noyabr 2026 114

Prezident qarorining mazmun-mohiyati OAV xodimlariga yetkazildi

Bugun OAV uçun Kontent tayyorlaş markazida bir neça kun avval eʼlon qilingan "Sport sohasini raqamlaştiriş va samarali boşqaruv tizimini yölga qöyiş çora-tadbirlari töğrisida"gi PQ-396-son Prezident Qarorining mazmun-mohiyatiga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi. Unda Sport vazirligi va MOQ mutasaddilari iştirok etib, OAV vakillarini qiziqtirgan savollariga javob berişdi.

Anjumanning dastlabki qismida qaror bilan sport sohasiga joriy etilayotgan qator raqamli yangiliklar haqida maʼlumot berildi. Jumladan, My Sport mobil ilovasi orqali sport xizmatlari raqamlaştirilib, foydalanuvçilarga özlariga yaqin hududdagi sport inşootlari va ularning faoliyatiga oid maʼlumotlarni real vaqt rejimida oliş imkoniyati yaratiladi. Qolaversa, respublika çempionatlari ğolib va sovrindorlari uçun elektron diplom hamda sertifikatlar joriy etiladi.

Bundan taşqari, respublika oliy sport mahorati maktablari negizida Olimpiya terma jamoalari markazi taşkil etilişi, MOQ hududiy bölimlari ijroçi direktorlarining bir vaqtning özida viloyat hokimlarining sport böyiça maslahatçisi sifatida faoliyat yuritişi belgilangan. Taʼlim va sport sohalari örtasidagi hamkorlikni kuçaytiriş maqsadida esa sport tizimining E-maktab axborot tizimi bilan integratsiya qilinişi nazarda tutilgan.

Şuningdek, ayrim sport maktablari va obyektlarining maʼmuriy binolari tegişli hududiy sport muassasalari balansiga ötkaziladi, Olimpiya terma jamoalari markazi maʼmuriyati esa Olimpiya şaharçasiga joylaştiriladi. Şu bilan birga, Osiyo öyinlarida medallar uçun kuraşayotgan noolimpiya sport turlarini rivojlantiriş maqsadida turdoş noolimpiya sport turlari konfederatsiyasini taşkil etiş böyiça taklif Hukumatga kiritilgani, ayni paytda mamlakatimizda mazkur yönalişda 50 dan ortiq respublika federatsiyasi faoliyat yuritayotgani taʼkidlandi.

Matbuot anjumani davomida OAV vakillari şu va boşqa mavzular haqida özlarini qiziqtirgan savollariga javob olişdi.

Text to speech