17 May 2026
294
Slalomchilarimiz Osiyo chempionatida 6 ta medal qoʻlga kiritishdi
Xitoyning Siyasi shahrida slalomda eshkak eshish boʻyicha Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida Oʻzbekiston terma jamoasi hisobiga 1 tadan oltin va bronza medallari qoʻshildi.
Oltin medalga baydarkachi Jonibek Temirgaliyev kross yoʻnalishida sazovor boʻldi. Qolaversa, u klassik slalom dasturida shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy oldi.
Shu tariqa, terma jamoamiz mazkur qitʼa birinchiligini 1 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunladi.