17 May 2026
226
Poytaxtimizda stol tennisi boʻyicha WTT Youth contender musobaqasi yakunlandi
Toshkentda stol tennisi boʻyicha WTT Youth contender turniri nihoyasiga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida hamyurtlarimiz 3 ta oltin va 2 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.
Taqdirlash marosimida Xalqaro stol tennisi federatsiyasi, MOQ va mamlakat stol tennisi federatsiyasi rahbariyati ham ishtirok etib, yosh atletlarni erishgan muvaffaqiyatlari bilan qutladi.
🥇 Oltin medal:
Xsin Tseng (U11, yakkalik)
Amir Shiriyev (U11, yakkalik)
Adelina Hasanova (U15, yakkalik)
🥉 Bronza medal:
Rahmatillo Abdurashidov (U15, yakkalik)
Aydana Kamalova (U11, yakkalik)