6 Noyabr 2026 140

Otabek Umarov nomzodi IKA Prezidentligiga tavsiya etildi

Taşkilotning navbatdagi XXII Kongressida Sport vazirligi va MOQ rahbariyatidan iborat Özbekiston delegasiyasi ham iştirok etdi. Kongress kun tartibiga muvofiq, assosiasiya rahbariyatining hisobotlari tinglanib, 2025-2026 yillarda amalga oşirilgan işlar sarhisob qilindi.

Tadbirda Osiyo Olimpiya kengaşi vise-prezidenti, Özbekiston MOQ raisining birinçi örinbosari Otabek Umarov söz olib, Özbekiston Respublikasi Prezidenti, MOQ raisi, Xalqaro kuraş assosiasiyasining faxriy Prezidenti Ş.M. Mirziyoyev boşçiligida kuraş sporti rivojini yangi bosqiçga olib çiqiş yölida ulkan işlar olib borilayotgani, milliy sportimiz xalqaro maydonda öz nufuzini oşirib borayotgani haqida töxtalib ötdi.

Xalqaro kuraş assosiasiyasining (IKA) 2027 bölib ötadigan Kongressida taşkilotga yangi Prezident saylanadi. Bugungi anjuman davomida xalqaro sport sohasidagi köp yillik tajribasi, yurtimiz va Osiyo sporti rivojiga qöşgan hissasidan kelib çiqqan holda kuraşni izçil rivojlantiriş, uning xalqaro maydondagi örnini yanada mustahkamlaş maqsadida Otabek Muhammadaliyeviç Umarov nomzodi Kongress tomonidan taşkilot rahbarligiga ilgari surildi va bu taşabbus delegatlar tomonidan bir ovozdan qöllab-quvvatlandi. Eslatib ötamiz, saylov jarayoni taşkilotning keyingi yili ötkaziladigan Kongressida bölib ötadi.

Yiğilişda Qozoğiston, Litva, Şri-Lanka, Iordaniya, Fransiya, Suriya, Şveysariya, Armaniston, Italiya, Avstraliya, Birlaşgan Arab Amirliklari va Bahrayn milliy federasiyalari xalqaro assosiasiya a’zoligiga tasdiqlandi. Qolaversa, musobaqalarni taşkil etiş qoidalariga özgartirişlar kiritiş, hakamlik va reyting tizimini takomillaştiriş masalalari muhokama qilindi.

Text to speech