Futbol böyiça Özbekiston va Rossiya media terma jamoalari örtasida örtoqlik uçraşuvi ötkaziladi
Maʼlumki, 12-noyabr kuni futbol böyiça Özbekiston va Rossiya terma jamoalari örtasida örtoqlik uçraşuvi bölib ötadi. Mazkur bahsdan avval 10-noyabr kuni har ikki mamlakatning media futbol terma jamoalari örtasida ham öyin ötkazilişi rejalaştirilgan. Bellshuv media futbol qoidalari asosida taşkil qilinib, unda san’atkorlar, blogerlar, influenserlar hamda taniqli futbolçilar iştirok etadi.
Uçraşuvdan közlangan asosiy maqsad — ommaviy sportni keng tarğib qiliş va aholini soğlom turmuş tarziga undaş. Media futbolning eng muhim jihati ham aynan şundan iborat.
Özbekiston terma jamoasi safida Hamdam Sobirov, Mitti.me, Bek Vines, Azimçik Vines, Komil Benom, Badriddin Husniddinov kabi taniqli media şaxslar, şuningdek, Odil Ahmedov, Server Jeparov, Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov, Timur Kapadze va Mirjalol Qosimovdek özbek futboli afsonalari maydonga tuşadi.
Rossiya terma jamoasi ham Toşkentga yulduzli tarkib bilan taşrif buyuradi. Jamoa safida Mixail Litvin, Anar Abdullayev, Filipp Voronin, Roman Pavlyuçenko kabi taniqli futbolçilar iştirok etadi.
10-noyabr kuni soat 16:00 dan boşlab tomoşabinlar uçun şou dasturi boşlanadi. Bahs oldidan Ruxsoraemm, Adel, DJ King Masarella, Bojalar, Hamdam Sobirov hamda Benom guruhi iştirokida musiqiy çiqişlar namoyiş etiladi.