6 Noyabr 2026
67
Öq otiş sportida tarixiy medal: Merganlarimiz jahon çempionatida ilk bor sovrindor bölişdi
Şu kunlarda Qatar poytaxti Doxa şahrida öq otiş sporti böyiça jahon çempionati bölib ötmoqda. Mazkur musobaqada Özbekiston terma jamoasi dunyo birinçiliklaridagi dastlabki medaliga ega çiqdi.
Mazkur medal erkaklar örtasida 10 metrdan pnevmatik töpponçadan otiş böyiça jamoaviy dasturda qölga kiritildi. Vladimir Sveçnikov, Sodiqjon Abdullayev va Muhammad Kamalov final bahsida 1738 oçko bilan bronza medaliga sazovor böldilar. Qayd etiş joiz, kumuş medal sohibi bölgan Koreya Respublika jamoasi ham 1738 oçko töplagan, biroq qöşimça körsatkiçlar evaziga koreyaliklar şohsupaning ikkinçi poğonasidan joy olişdi.
🥇 Xitoy – 1755 oçko
🥈 Koreya Respublikasi – 1738
🥉 Özbekiston – 1738