5 Noyabr 2026 141

Sambo böyiça jahon çempionatiga bağişlangan matbuot anjumani ötkazildi

Ertaga Toşkent şahrida start oladigan sambo böyiça yubiley 50-jahon çempionati oldidan matbuot anjumani taşkil etildi. Unda Xalqaro sambo federasiyasi (FIAS), Özbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qömitasi hamda Özbekiston sambo assosiasiyasi rahbariyati, xalqaro sport taşkilotlari vakillari, jahon sporti yulduzlari, şuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdi.

Anjuman davomida çempionatning ahamiyati, unda 101 mamlakat vakillari iştirok etayotgani va bu musobaqa tarixida mutlaq rekord ekani alohida ta’kidlab ötildi. Şuningdek, Özbekistonda sambo sportini rivojlantiriş, uning xalqaro nufuzini yanada oşirişga oid rejalar ham körib çiqildi.

Xususan, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov quyidagi fikrlarni bildirdi:
“Bu sport turi bilan mamlakatimiz yoşlari juda katta mehr bilan şuğullanişadi. Jahon çempionatinining 50 yillik yubileyiga bağişlangan tadbirda 100 dan ortiq davlat vakillari aynan Özbekistonga taşrif buyurişmoqda. Bu — Özbekistonda sambo rivoji töğri va kerakli yöldan borayotganiga bölgan işonçning yaqqol ifodasidir. Barça mehmonlarga Özbekistondan yaxşi taassurotlar bilan qaytişlarini tilayman. Yana bir bor mamlakatimizga xuş kelibsiz!”

Tadbirda OAV vakillari özilarini qiziqtirgan savollarga atrofliça javob olişdi. Şuningdek, bir qator rasmiylarga sambo rivojiga qöşişgan hissalari uçun xalqaro taşkilotning sovğalari taqdim etildi.

Ma’lumot uçun, 8-noyabrga qadar davom etadigan mazkur nufuzli musobaqada dunyoning 101 mamlakatidan taşrif buyurgan 700 nafarga yaqin sportçi ğoliblik uçun bahs olib boradi. Bellaşuvlar Toşkent şahridagi Olimpiya şaharçasida ötkaziladi.

Text to speech