5 Noyabr 2026
194
Toşkentga FIAS prezidenti Vasiliy Şestakov va jahon MMA yulduzlari taşrif buyurdi
6-8-noyabr kunlari Toşkent şahridagi Olimpiya şaharçasida bölib ötadigan sambo böyiça jahon çempionati oldidan Xalqaro sambo federatsiyasi (FIAS) prezidenti Vasiliy Şestakov hamda jahon MMA olamining taniqli vakillari Islom Maxaçev va Fyodor Yemelyanenko Özbekistonga taşrif buyurdi.
Mehmonlarni Özbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengaşi vitse-prezidenti, Özbekiston MOQ raisining birinçi örinbosari Otabek Umarov hamda Özbekiston sambo federatsiyasi rahbariyati kutib oldi.
Nufuzli jahon çempionatida 101 mamlakatdan 700 nafarga yaqin sportçi iştirok etişi kutilmoqda. Olimpiya şaharçasi maydonlarida dunyoning eng kuçli sambo ustalari jahon çempionligi medallari uçun bahs olib boradi.