14 May 2026
31
Oʻzbek boks maktabi Osiyoda tengsiz
Yoshlarimiz oʻzbek boksining kelajagi porloq ekanini bugungi final janglari bilan yana bir karra isbotlashdi. U15 yosh toifasidagi qitʼa birinchiligining gʻolib va sovrindorlari medallarini qabul qilib olishdi. Ertaga boʻlib oʻtadigan U17 yosh toifasidagi bellashuvlarda ham yurtdoshlarimizga bugungidek yorqin gʻalabalar tilab qolamiz.