28 Oktyabr 2026
63
Yoş boksçilarimiz jahon çempionatini 8 ta medal bilan yakunlaşdi
Çernogoriyaning Budva şahrida boks böyiça U19 yoş toifasidagi jahon çempionati nihoyasiga yetdi. 69 ta mamlakatdan 474 nafar boksçilar iştirok etgan mazkur musobaqada Özbekiston terma jamoasi a'zolari munosib iştirok etib, 4 ta oltin, 2 ta kumuş va 2 ta bronza, jami 8 ta medallarga ega çiqişdi. E'tiborlisi, bellaşuvlar davomida 3 ta oltin, 1 ta kumuş va 1 ta bronza medalini jamğargan yigitlarimiz musobaqani umumjamoa hisobida birinçi örinda yakunlaşdi.
🥇Oltin:
-75 kg: Suxrob Raxmatullayev
-90 kg: Asadbek Sultonboyev
-51 kg: Nazokat Mardonova
+90 kg: Islom Salixov
🥈Kumuş:
-85 kg: Sardorbek Bahromxöjayev
-70 kg: Maftuna Yangiyeva
🥉Bronza:
-70 kg: Zulfiqor Adhamjonov
-48 kg: Muxtasar Aliyeva