Aiçi-Nagoya-2026 Para Osiyo öyinlarida qatnaşgan Özbekiston delegatsiyasi tantanali kutib olindi
Yaponiyada ötgan Aiçi–Nagoya-2026 V Para Osiyo öyinlarida tarixiy natija qayd etgan Özbekiston delegatsiyasi Vatanimizga qaytdi. Terma jamoamiz musobaqani 45 ta oltin, 49 ta kumuş va 51 ta bronza medal bilan yakunlab, umumjamoa hisobida ilk bor uçinçi örinni egalladi.
Delegatsiyani Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senat Raisi Tanzila Narbayeva boşçiligidagi hukumat vakillari, sport sohasi mutasaddilari, murabbiylar hamda sportçilarning yaqinlari kutib oldi.
Tantanali marosimda Tanzila Kamalovna para sportçilarimizni erişilgan yuksak natija bilan muborakbod etdi.
Ma’lumot uçun, 18-24-oktyabr kunlari taşkil etilgan V Para Osiyo öyinlarida Özbekiston delegatsiyasi 11 ta sport turidagi bahslarda iştirok etib, 45 ta oltin, 49 ta kumuş va 51 ta bronza, jami 145 ta medalni qölga kiritdi. Uşbu natija orqali Özbekiston para sporti tarixida yangi sahifa oçilib, delegatsiyamiz Para Osiyo öyinlari umumjamoa hisobida ilk bor kuçli uçlikdan joy oldi.