20 Oktyabr 2026 127

Toshkentda stol tennisi bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi

Poytaxtimizdagi "Olimpiya shaharchasi"da stol tennisi bo‘yicha Osiyo chempionatiga start berildi. Qit’aning nufuzli musobaqasida 33 davlatdan tashrif buyurgan sportchilar medallar uchun bahs olib boradi. Musobaqada yurtimiz sharafini 10 nafar vakillarimiz himoya qiladi.

Dasturga ko'ra, Osiyo chempionatining dastlabki kunida jamoaviy dastur bellashuvlari o'tkazildi. Yigitlarimizga guruh bosqichida Saudiya Arabistoni va Turkmaniston jamoalari raqiblik qilgan bo'lsa, qizlarimiz Makau, Iordaniya va Tojikiston tennischilariga qarshi bahs olib borishdi.

Qayd etilgan natijalar:

Erkaklar:
O’zbekiston 3:0 Turkmaniston
O’zbekiston 0:3 Saudiya Arabistoni

Ayollar:
O’zbekiston 3:0 Iordaniya
O’zbekiston 3:0 Makau
O’zbekiston 3:0 Tojikiston

Bugun Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi tashkil etiladi. Bellashuvlar 25-oktyabrga qadar davom etadi.

Text to speech