19 Oktyabr 2026 74

“Aktau Asian Open 2026”: Dzyudochilarimiz 13 ta medal jamg‘ardi

Qozog‘istonning Aktau shahrida dzyudo bo‘yicha “Aktau Asian Open 2026” xalqaro turniri o‘z yakuniga yetdi. Ikki kun davom etgan musobaqa yakuniga ko‘ra, dzyudochilarimiz 5 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza, jami 13 ta medal qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, turnirda chempion bo‘lgan sportchilarimiz jahon reytingi uchun o‘z hisoblariga 100 ochkodan yozib qo‘yishdi.

🥇 Oltin medal:
-48 kg: Fotimaxon Tursunboyeva
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-73 kg: Nizomiddinxo‘ja Toshpo‘latov
-100 kg: Mirjalol Normo‘minov
+100 kg: Muhammadali Tangriyev

🥈 Kumush medal:
-78 kg: Shinar Ibrayeva
-90 kg: Ramazon Allaberdiyev

🥉 Bronza medal:
-48 kg: Halimajon Qurbonova
-57 kg: Muhayyo Ahmatova
-63 kg: Sarvinoz Husanova
-70 kg: Farangiz Hojiyeva
-90 kg: Azizbek Avazmurodov
-90 kg: Sultonbek Abdushukurov

Text to speech