15 Oktyabr 2026 75

Ilya Sibirsev Ostonadagi Jahon kubogida bronza medalini qoʻlga kiritdi

Qozogʻiston poytaxti Ostona shahrida suzish boʻyicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi boʻlib oʻtmoqda. Unda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Ilya Sibirsev 1500 metrga erkin usulda suzish dasturida bronza medaliga ega chiqdi. Sportchimiz masofani 14:43.97 daqiqada suzib oʻtdi va O'zbekiston rekordini yangilashga erishdi.

🥇 Lukas Xenvo (Belgiya) – 14:33.14
🥈 Oliver Papai (Vengriya) – 14:40.55
🥉 Ilya Sibirsev (Oʻzbekiston) – 14:43.97

Text to speech