Rekodrlar, tarixiy natijalarga boy oʻtgan Jahon kubogini xalqaro nashlar e’tirof etdi
8-10-oktyabr kunlari Toshkent birinchi bor suzish boʻyicha Jahon kubogi bosqichiga mezbonlik qildi. Bellashuvlarda 40 mamlakatdan 230 nafar sportchi ishtirok etdi. Ular orasida Olimpiada va jahon chempionlari, jahon rekordchilari ham boʻlib, bu har bir masofadagi bellashuvlar katta raqobat ostida kechishidan dalolat berdi.
Shiddatli bahslarda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Ilya Sibirsev 800 metrga erkin usulda suzish yoʻnalishida bronza medaliga sazovor boʻldi. Bellashuvlar davomida erkaklar oʻrtasida 50 metrga chalqancha va batterflyay usullarida suzish boʻyicha yangi jahon rekordlari oʻrnatildi. Shuningdek, 3 ta Jahon kubogi, 3 ta Yevropa va 2 ta Afrika rekordlari ham yangilandi. Suzuvchilarimiz ham yuqori mahorat koʻrsatib, 7 ta dasturda milliy rekordlarni oʻzgartirishga muvaffaq boʻldilar.
Musobaqa yuqori darajada tashkil etilgani sportga ixtisoslashgan “al-kas.com”, “insidethagames.biz”, "francsjeux.com" va sports-inside.co.uk” kabi dunyodagi koʻplab OAV tomonidan alohida eʼtirof etildi.