8 Oktyabr 2026 109

Akbar Joʻrayev va Rustam Toʻlaganovni tabriklaymiz!

Bugun mahoratli ogʻir atletikachimiz, Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni va rekordchisi, Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sohibi, Osiyo o'yinlari g'olibi, uch karra jahon chempioni, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrstatgan sportchi” va “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonlari sohibi Akbar Joʻrayev, shuningdek, boks boʻyicha Rio-2016 yozgi Olimpiya oʻyinlarining bronza medali sohibi, Osiyo chempionatining sovrindori, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni egasi Rustam Toʻlaganov tavallud ayyomlarini nishonlashmoqda.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi har ikki sportchimizni tugʻilgan kuni bilan qutlab, ularga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech