7 Oktyabr 2026
125
Qilichbozlik boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogi bosqichi boshlanmoqda
8-11-oktyabr kunlari Toshkent yana bir xalqaro musobaqaga mezbonlik qiladi. Ushbu sanalarda poytaxtimiz qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogini qabul qiladi.
Musobaqada 23 mamlakatdan 360 nafar sportchi ishtirok etadi. Bellashuvlar “Yoshlik” sport majmuasida tashkil qilinadi.