6 Oktyabr 2026
116
Otabek Umarov dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimida qatnashdi
Ayni kunlarda Ozarbayjon poytaxti Bok-u shahrida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur musobaqaning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov ham ishtirok etdi.
Otabek Muhammadaliyevich tadbir doirasida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti, Ozarbayjon Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbari Ilhom Aliyev, Xalqaro dzyudo federatsiyasi Prezidenti (IJF) Marius Vizer va boshqa ko‘plab rasmiylar bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlikka oid qator masalalarni muhokama qildi.