16 May 2026 204

Slalomchilarimiz qit’a birinchiligida kumush medallarni qoʻlga kiritishdi

Xitoyning Siyasi shahrida oʻtayotgan slalomda eshkak eshish boʻyicha Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi yana 2 ta medalga sazovor boʻldi.

Sportchilarimiz har ikki medalni jamoaviy dasturda qoʻlga kiritishdi. Baydarkachilar (K1) bahsida J.Temirgaliyev, P.Yeygel hamda S.Saydullayev, kanoechilar (C1) yoʻnalishida A.Klevleyev, Sh.Qurbonaliyev hamda I.Nosirjonovlar mezbonlardan keyingi natijani qayd etib, kumush medalga sazovor boʻlishdi.

Text to speech