15 May 2026
184
“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalarining “Hokim Olimpiadasi” bosqichi boshlandi
Bugun Respublikamiz boʻylab “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalarining ikkinchi bosqichi – “Hokim Olimpiadasi” bellashuvlari start oldi. Musobaqani dzyudo bellashuvlari boshlab berdi.
“Hokim Olimpiadasi” bosqichida yosh sportchilar dzyudo, taekvondo WT, erkin va yunon-rum kurashi, boks, yengil atletika, stol tennisi, basketbol, voleybol, gandbol, badminton, badiiy gimnastika, ogʻir atletika, qilichbozlik, tennis, sohil voleyboli, suzish va veloshosse turlari boʻyicha bahs olib borishadi.
Rejaga koʻra, butun mamlakatimiz boʻylab viloyat bosqichi kesimida oʻtkazilayotgan bahslar 5-iyun sanasigacha davom etadi.