15 May 2026
139
Sarvar Zafarjonov dast koʻtarish mashqida oltin medalga sazovor boʻldi
Hindistonning Gandhinagar shahrida oʻtayotgan ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionatidan xushxabar. -88 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Sarvar Zafarjonov dast koʻtarish mashqida oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Yurtdoshimiz ushbu mashqda 169 kg natija qayd etib, Xitoy, KXDR va boshqa davlatlardan boʻlgan kuchli raqobatchilarni ortda qoldirdi.