15 May 2026
150
Sport vazirligida Petra Syorling bilan uchrashuv oʻtkazildi
“Olimpiya shaharchasi”ga tashrif buyurgan Xalqaro stol tennisi federatsiyasi Prezidenti Petra Syorling bilan Sport vazirligida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda vazir Adham Ikramov mamlakatimizda stol tennisini ommalashtirish, sport infratuzilmasini takomillashtirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berdi.
Shuningdek, Petra Syorling Davlat sport akademiyasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Tashrif chogʻida u yerda mutaxassislar tayyorlash, kadrlar salohiyatini oshirish va sport sohasida ilmiy yondashuvlar asosida amalga oshirilayotgan ishlar xususida taqdimotlar oʻtkazildi.