30 Sentyabr 2026
54
Aichi-Nagoya-2026: Sovrindor sportchilar esdalik nishonlari bilan taqdirlanishdi
Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o‘yinlarida munosib natijalar qayd etib, sovrindorlar safidan joy olgan bir guruh o‘zbekistonlik sportchilar delegatsiyamiz shtabida taqdirlandilar. Ularga Sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati tomonidan esdalik nishonlari topshirildi.
Rasmiylar taqdirlash marosimida atletlarimizning musobaqadagi muvaffaqiyatlarini alohida e’tirof etib, ular delegatsiyamizning umumjamoa hisobida yuqori pogʻonaga koʻtarilayotganiga munosib hissa qoʻshganlarini ta’kidlashdi va atletlarimizning kelgusi faoliyatida ham omad tilashdi.