15 May 2026 186

Oʻsmirlarimiz ham Osiyo chempionatini umumjamoa hisobida birinchi oʻrinda yakunlashdi

Toshkent mezbonlik qilgan boks boʻyicha U15 va U17 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida 17 yoshgacha boʻlgan bokschilar qitʼa chempionligi uchun jang qildilar. Quvonarlisi, ushbu yosh toifasidagi hamyurtlarimiz ham umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi. Musobaqa davomida sportchilarimiz 9 ta oltin, 7 ta kumush va 6 ta bronza, jami 22 ta medal jamgʻarishdi.

🥇 Oltin medal:
-54 kg: Qumriniso Muhammadova
-63 kg: Mehrimah Qilichova
-70 kg: Karina Ilmuratova
+80 kg: Sohibaxon Xudoyberidiyeva
-48 kg: Kamronbek Bahodirov
-63 kg: Rushen Saydullayev
-66 kg: Bahodir Holiqulov
-70 kg: Abduvohid Abdumajidov
-75 kg: Maʼrufjon Toshpoʻlatov

🥈 Kumush medal:
-46 kg: Abdulloh Nuraliyev
-52 kg: Oybek Alimjonov
-54 kg: Abdulbosit Yursunboyev
-60 kg: Ahmadjon Abdusattorov
-80 kg: Samandarbek Umarov
-46 kg: Ruhshonabonu Ahadova
-50 kg: Parvina Shakarova

🥉 Bronza medal:
-48 kg: Farangiz Usvaliyeva
-52 kg: Marjona Xudoyberdiyeva
-60 kg: Salomatxon Sardorova
-66 kg: Diyora Boʻriboyeva
75 kg: Lobar Shaymonova
-80 kg: Feruzabonu Kamolova

Text to speech