29 Sentyabr 2026
122
Aichi-Nagoya-2026: Jahon rekordini oʻrnatgan Akbar Joʻrayev Osiyo oʻyinlari chempionligini qoʻlga kiritdi!
Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Akbar Joʻrayev (-110 kg) Osiyo oʻyinlari chempionligiga sazovor boʻldi. Yurtdoshimiz ikki kurash hisobida 423 kg natija qayd etdi. Ta'kidlash kerakki, u dast koʻtarishda 197 kg bilan jahon rekordini ham yangilashga muvaffaq boʻldi. Qoyil, Akbar!