Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin, hurmatli Otabek Muhammadaliyevich!
Bugun mamlakatimiz sportini xalqaro miqyosda yangi bosqichga olib chiqishda fidokorona mehnat qilayotgan shaxs, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, Oʻzbekiston MOQ raisining birinchi oʻrinbosari, Xalqaro avtomobil federatsiyasi Senati aʼzosi Otabek Umarov tugʻilgan kunini nishonlamoqda.
Hurmatli Otabek Muhammadaliyevich,
Sizning mamlakatimizda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, Olimpiya harakatini rivojlantirish va yurtimiz sportining jahon arenalaridagi nufuzini mustahkamlash yoʻlidagi keng koʻlamli faoliyatingiz alohida eʼtirofga loyiq. Xalqaro sport hamjamiyatidagi yuksak obroʻ-eʼtiboringiz va tashabbuslaringiz Yangi Oʻzbekistonning sport salohiyatini butun dunyoga namoyon etmoqda. Siz bunday faollik va jonkuyarligingiz bilan Muhtaram Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan katta islohotlarga kamarbasta boʻlib kelmoqdasiz.
Fursatdan foydalanib, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasining ahil jamoasi hamda Olimpiya oilasi Sizni bugungi qutlugʻ ayyom bilan yana bir bor muborakbod etib, Sizga mustahkam sogʻliq, uzoq umr, davlatimiz ravnaqi va oʻzbek sporti rivoji yoʻlidagi masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilab qoladi.