14 May 2026
220
Ikki nafar slalomchimiz Osiyo chempionatida shohsupaga koʻtarildi
Shu kunlarda Xitoyning Siyasi shahrida slalomda eshkak eshish boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. Unda qatnashayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham shohsupadan joy olishmoqda.
Baydarkachilar oʻrtasidagi bellashuvlarda hamyurtlarimiz Jonibek Temirgaliyev hamda Pavel Yeygel muvaffaqiyatli ishtirok etib, mos ravishda kumush hamda bronza medallariga egalik qilishdi. Musobaqa davom etmoqda.