20 Sentyabr 2026
140
Aichi-Nagoya-2026: Adham Ikramov sportchilarimiz bilan uchrashdi
Sport vaziri Adham Ikramov hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Sherzod Tashmatov Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi sportchilari bilan uchrashdi.
Atletlar shaharchasida tashkil etilgan uchrashuv davomida sportchilarning musobaqalarga tayyorgarligi, O‘yinlar jarayonidagi ishtiroki va ular uchun yaratilgan sharoitlar yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot chog‘ida sportchilarning fikr va takliflari tinglandi. Shuningdek, mutasaddilar sportchilarimizga Aichi-Nagoya-2026 o‘yinlarida munosib ishtirok etib, O‘zbekiston sharafini yuksak darajada himoya qilishlarida muvaffaqiyat tilashdi.