19 Sentyabr 2026 152

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi shtabida ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi

Sport vaziri Adham Ikramov hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasining shtabiga tashrif buyurdi.

“Pier Garden” bog‘i hududidagi Atletlar shaharchasida joylashgan shtabda delegatsiyamiz uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirilib, mas’ul xodimlar bilan ishchi uchrashuv o‘tkazildi.

Yig‘ilishda delegatsiya faoliyatini samarali tashkil etish, sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda O‘yinlar davomida barcha xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, terma jamoalarimizning musobaqalardagi ishtiroki, ayni paytdagi dolzarb masalalar va yaqin kunlardagi vazifalar muhokama qilindi.

Text to speech