14 May 2026 524

Yelkanli sport boʻyicha jamoamiz ilk bor xalqaro musobaqada qatnashadi

16-21-may kunlari Qirgʻiz Respublikasining Issiq-koʻl koʻlida yelkanli sport turlari boʻyicha Markaziy Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi. Ahamiyatlisi, unda birinchi bor Oʻzbekiston terma jamoasi sportchilari ishtirok etishadi.

Mamlakat yelkanli sport federatsiyasining ma’lum qilishicha, terma jamoamiz uchun ushbu start nafaqat xalqaro maydondagi debyut, balki Aichi-Nagoya-2026 Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlikning muhim bosqichi ham hisoblanadi.

Text to speech