17 Sentyabr 2026
69
Aichi-Nagoya-2026: Bugun zamonaviy beshkurash va ayollar futboli bahslarida ishtirok etamiz
XX yozgi Osiyo oʻyinlarining bugungi bellashuvlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi 2 sport turida qatnashadi. Zamonaviy beshkurashchilarimiz Mehriniso Qahramonova hamda Samira Abzalova yarim final bellashuvlarida ishtirok etishadi. Shuningdek, futbolchi qizlarimiz guruh bosqichining ikkinchi turida Xitoy bilan bahs olib borishadi.