14 May 2026 448

Toshkentda stol tennisi boʻyicha WTT Youth contender turniri oʻtkazilmoqda

Poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida stol tennisi boʻyicha WTT Youth contender musobaqasi tashkil etilmoqda. 16-mayga qadar davom etadigan turnirda 11 davlatdan tashrif buyurgan 270 nafar sportchi qatnashyapti.

Dasturga koʻra, ayni paytda yakkalik va aralash juftlik dasturlarida saralash bahslari oʻtkazilmoqda. Eslatib oʻtamiz, bellashuvlar U11, U13, U15, U17 va U19 yosh toifalarida olib borilmoqda.

Text to speech