13 Sentyabr 2026
101
Samuk Abidov vafot etdi
Oʻzbek tennisi rivojiga ulkan hissa qoʻshgan mutaxassislardan biri, uzoq yillardan beri Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabi direktori sifatida samarali faoliyat olib borgan Samuk Kazimovich Abidov 69 yoshida olamdan oʻtdi.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi marhumning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib qoladi. Oʻtganlarning oxirati obod boʻlsin.