12 Sentyabr 2026 134

Sport delegatsiyalarimizni Aichi-Nagoya-2026 Osiyo va Para Osiyo oʻyinlariga tantanli kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi

Poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida Oʻzbekiston sport delegatsiyalarini Aichi-Nagoya-2026 XX yozgi Osiyo va V Para Osiyo oʻyinlariga tantanali kuzatish marosimi tashkil etildi.

Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, shuningdek, Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari rahbariyati, sportchi va murabbiylar, faxriylar, katta sport jamoatchiligi ishtirok etdi.

Tadbirda soʻz olgan Abdulla Nigmatovich boʻlajak mas’uliyatli bahslarda atletlarimizga omad va muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, sportchi va murabbiylar bildirilgan ishonchni oqlash, yurtimizga yorugʻ yuz bilan qaytish uchun bor kuch-gʻayratlarini ishga solishlarini bildirishdi.

Marosim davomida ogʻir atletika boʻyicha Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni, Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori Akbar Joʻrayev Olimpiya sport turlari, para velosport boʻyicha jahon chempioni Marjona Pardaboyeva Paralimpiya sport turlari nomidan Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻini qabul qilib olishdi.

Text to speech