11 Sentyabr 2026 120

Oybek Kasimov sport tashkilotlarini boshqarish boʻyicha xalqaro dasturni muvaffaqiyatli yakunladi

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining “Olympic Solidarity” dasturi asosida amalga oshiriladigan MEMOS (Executive Masters in Sport Organisations Management) xalqaro ta’lim dasturini muvaffaqiyatli yakunladi.

Dastur 4 ta moduldan iborat boʻlib, Milliy Olimpiya qoʻmitalari, xalqaro va milliy sport federatsiyalari, shuningdek, Olimpiya harakatining boshqa tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislari uchun moʻljallangan. U sport tashkilotlarini boshqarish sohasida zamonaviy menejment koʻnikmalari va amaliy malakalarni rivojlantirishga qaratilgan.

Dastur doirasida Oybek Kasimov bir nechta ta’lim modullarini oʻzlashtirdi. Oʻqish jarayonida sport tashkiloti faoliyatidagi dolzarb boshqaruv muammosiga bagʻishlangan ilmiy-tadqiqot loyihasi tayyorlandi. Loyiha ekspertlar komissiyasi oldida taqdim etilib, muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Oʻqishni yakunlagani munosabati bilan Oybek Kasimovga Ottava universiteti (University of Ottawa, Kanada) sertifikati topshirildi.

Text to speech