9 Sentyabr 2026
147
Jasurbek Jaysunov nomzodi OOK Atletlar komissiyasi uchun ilgari surildi
Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) tashkilotning Atletlar komissiyasi tarkibiga saylanish uchun nomzodlarni eʼlon qildi. Unda taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlari sovrindori Jasurbek Jaysunov Markaziy Osiyo mintaqasidan nomzodlar qatorida qayd etilgan.
Uning raqiblari qoyani zabt etish boʻyicha Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, qozogʻistonlik Amir Maymuratov hamda eronlik taekvondochi, Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Arian Salimi boʻladi.
Ovoz berish jarayoni Aichi-Nagoya-2026 Osiyo oʻyinlari davomida, 20-sentyabrdan 2-oktyabrga qadar Yaponiyada boʻlib oʻtadi. Ovoz berishda faqat Osiyo oʻyinlarida ishtirok etayotgan sportchilar qatnashishi mumkin.