8 Sentyabr 2026 43

Bekzod Qurbonov Germaniyadagi turnirda kumush medalga sazovor boʻldi

Germaniyaning Oberbayern okrugida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha “Chiemsee Pferdefestival” turniri boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Bekzod Qurbonov kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Chavandozimiz ushbu muvaffaqiyatga 145 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash dasturida erishdi. Musobaqada unga “Matts VG” tulpori hamrohlik qildi.

Text to speech